Operatsiya holatini olish
Foydalanuvchi xizmat uchun "frame" orqali to‘lov qilgandan so‘ng, Internet-ekvayring operatsiya holati va boshqa ma’lumotlarni merchantning ko‘rsatilgan API-manziliga REST-so‘rov ko‘rinishida yuboradi. Buning uchun merchant quyidagi ko‘rinishdagi so‘rovni qabul qiluvchi va javob qaytaruvchi POST metodli API yaratishi lozim:
So‘rov tanasi (Body):
Parametr nomi | Parametr turi | Maydon majburiyligi | Tavsif |
orderId | String | Majburiy | Buyurtma identifikatori |
operationId | String | Majburiy | Operatsiya identifikatori |
statusTime | Number | Majburiy | Vaqt holati (epoch millis) |
status | Enum | Majburiy | Operatsiya holati |
amount* | Number | Majburiy | Tranzaksiya summasi (tiyinlarda) |
currency | Enum | Majburiy | Valyuta (UZS|USD) |
items ** | Map<String, String> | Majburiy emas (kassa turiga bog’liq) | Buyurtma ID / tranzaksiya parametrlari |
*Agar amount 120000 bo‘lsa, bu operatsiya summasi 1200 so‘m ekanini bildiradi.
**Items formati: {"key":"value"}
So‘rov tanasi misoli:
{
"orderId": "733fe606-40bc-41b7-934b-9050c2143689",
"operationId": "5e53f52c-7edd-430f-83be-e7a94b640e30",
"statusTime": 1720773251330,
"status": "SUCCESS",
"amount": 100000,
"currency": "UZS",
"billingIdentifier": "order-1",
"items": {
"acc_id": "1313896",
"additional_id": "651e3964-bf41-4087-8293-4b9a7b45d4aa"
}
}Operatsiyaning ehtimoliy holatlari*:
Holat | Tavsif |
|---|---|
SUCCESS | Muvaffaqiyatli |
FAILED | Xatolik |
VERIFICATION_FAILED | Tekshiruv xatoligi |
PENDING** | Kutilmoqda |
REJECTED | Tizim tomonidan rad etildi |
CANCELED | Foydalanuvchi tomonidan bekor qilindi |
Holatlar tizim talablariga muvofiq to‘ldirilishi mumkin.
*Agar operatsiya kutilayotgan (pending) holatda bo‘lsa, yakuniy holat qaytadan yuboriladi: FAILED yoki SUCCESS.
Javob tanasi (Body):
Parametr nomi | Parametr turi | Maydon majburiyligi | Tavsif |
received | Boolean | Обязательно | Holat qabul qilingan yoki qilinmaganligini aniqlaydigan maydon |
Javob tanasi misoli (HTTP kodi 200):
{
"received": true
}Merchant so‘rovni holat(status)larga muvofiq to‘g‘ri qayta ishlashi kerak. API ishlab chiqish yakunlangandan so‘ng, merchant URL-manzilni taqdim etishi lozim.